Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti bo’yicha 2018/2019 o’quv yilida o’qishni bahorgi  semestrdan davom ettirish uchun talabalarni O’QISHNI QAYTA TIKLASH bo’yicha arizalarini qabul qilish 2018 yil 20 dekabrdan 2019 yil 20 yanvargacha institut ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi.

Xujjatlar o’quv – uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonovga taqdim qilinadi. Xujjatlar xar kuni soat 900 dan 1700 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 900 dan 1500 gacha) qabul qilinadi.

Izoh: Talabalar safidan chiqqanligi 5 yil va undan ortiq muddat bo’lgan sobiq talabalar xujjatlarini Xududiy ishchi guruxga topshiradi. Xududiy ishchi gurux Andijon davlat Universitetida joylashgan.

Xududiy ishchi gurux manzili: Andijon shahar Universitet ko’chasi 129-uy.

Talabalar o’qishini qayta tiklash bo’yicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Talabalar safidan chetlashtirilgan (yoki akademik ta’tilgan chiqqan) buyruqdan ko’chirma.
  2. Reyting daftaridan nusxa (dekan asliga to’g’ri degan imzosi va pechat qo’yilgan holda).
  3. Pasport nusxasi (asli ko’rsatiladi).
  4. Delo (ipli).
  5. Rektor nomiga ariza va izoh xati.