Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-2019-o’quv yiliga mo’ljallangan “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasining ilmiy seminarlar rejasi asosida 2018-yil 21-dekabr kuni  kafedra katta o’qituvchisi A.Yusupovning  “Sochiluvchan moddalar satxini avtomatik o’lchovchi intelektual mikroprotsessorli qurilmani ishlab chiqish va loyihalash” mavzusida ilmiy semenari o’tkazildi.

    Seminarda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori B.Mamadjanov, fakultet dekani o’rinbosari U.Qosimov, kafedra mudiri Y.Kurbonov va kafedra professor-o’qituvchilari qatnashdilar.  

  Joriy yilda kafedra katta o’qituvchisi Yusupov Azamatjon raxbarligida Uz-Koram Co. ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda sochiluvchan moddalarni satxini avtomatik o’lchashga mo’ljallangan qurilma ishlab chiqilib, 60 million so’mlik xo’jalik shartnomasi imzolashga erishdilar. Xo’jalik shartnomasini bajarishda iqtidorli talabalar ham jalb qilingan bo’lib, talabalar o’quv mashg’ulotlardan bo’sh vaqtlarida amaliy bilimlarini oshirib bormoqdalar. Hozirda ushbu shartnomani yakunlash bosqichida turibdilar.

  Seminar mavzusini tushintirish jarayonida mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning amaliy natijasi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati bayon etilishi bilan birgalikda qurilmani ishlab chiqarish korxonasiga ekspluatatsiya qilish jarayonidan foto lavhalar namoyish etildi. Ishlab chiqarilgan mazkur qurilmani “Uz-Donmaxsulot” korxonalarida, sement va mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda, polipropilendan foydalanuvchi korxonalarning rezervuarlarida maxsulot satxini o’lchashda foydalanish mumkinligi aytib o’tildi.

  Yusupov Azamatjon Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Elektronika va avtomatika” fakultetining “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasining tayanch doktoranturasi(PhD)ga muvaffaqqiyatli qabul qilindi. Kelgusida u o’z tadqiqot ishlarini doktoranturada davom ettirishiga omad tilab qolamiz.

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi