Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Avval xabar berganimizdek viloyatimizda  15-dekabrdan 2019-yilning 15-yanvariga qadar “Kim yurtiga sodiq bo’lsa, mendirman o’sha” shiori ostida “Xarbiy vatanparvarlik oyligi”  deb e’lon qilingan edi. Shu munosabat bilan joylardagi ta’lim muassasalarida haftaning har juma kuni “Harbiy vatanparvarlik kuni” sifatida ertalabki saf tortish, xarbiy  mashg’ulotlarini bajarish amalga oshirilmoqda.

   Xuddi shunday tadbir 2018-yilning 21-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik fakultetida ham o’tkazildi. Tadbirda institutning professor-o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar. Muddatli xarbiy xizmatni o’tab xozirda institutda tahsil olayotgan talabalar tomonidan saf tortish tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Talabalar O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i yuksakka ko’tarib, vatanparvarlik ruhidagi qo’shiqlarni kuyladilar.

 

  

 

 

Otabek Odilov

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi