Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

   

       2018-yilning 21-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi anjumanlar zalida “Yoshlar orasida virtual olamning salbiy ta’siri” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi.

      Uchrashuv Fuqarolik jamiyati shakllanishi monitoring qilish mustaqil instituti Andijon hududiy bo’lim sektor rahbari Akmaljon Mamayusupov, Andijon viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish” boshqarmasi boshlig’i Qahramon Ergashev, Andijon shahar “Said Muhiddin” nomidagi madrasa mudiri Mirzamaqsud Alimov, viloyat Andijon televideniyasi xodimlari, Andijon mashinasozlik instituti yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor N.Ikromov hamda 200 nafar talabalar ishtirokida o’tkazildi.

    Uchrashuv avvalida so’z olgan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon hududiy bo’lim sektor rahbari Akmaljon Mamayusupov xozirgi kunga kelib din niqobi ostida o’zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirishni maqsad qilgan kimsalar har qanday yo’l bilan yoshlar ongini buzishga urinishlari, ularni jozibador mavzular tanlangan video va audio materiallarni ko’rish va tinglashga chorlash orqali o’z domiga tortishlari juda ham oson va qulay usullar bilan boyib borayotganini aytdi. Bu borada esa yoshlarning kunlik odatiga aylanib borayotgan ijtimoiy tarmoqlar orqali ularga ta’sir o’tkazish, qaysidir manoda “samara” berib kelayotganligini alohida ta’kidlab o’tdi. Bundan tashqari yoshlarni agarda diniy mavzuga oid savollar qiziqtirgan holatlarda oliygohlardagi din bo’yicha o’qituvchilarga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq ekanligini, agarda o’zlari erkin javob olishga xohishlari bo’lsa faqatgina rasmiy sahifalardan foydalangan holda javob topishga urinishlari to’g’ri bo’lishini aytib yoshlarni ogohlikka chaqirdi.

  

     Uchrashuv davomida Andijon shahar “Said Muhiddin” nomidagi madrasa mudiri Mirzamaqsud Alimov so’zga chiqdi. M.Alimov o’z so’zida o’zining mudxish xatti-harakatlari bilan bugungi kunda butun dunyo mamlakatlari orasida taxlika uyg’otayotgan diniy eksrtemizm va terorizm guruhlarining ta’siriga tushib qolmaslik uchun avvalo insonda milliy mafkurani shakllantirish muhim omillardan biri ekanligini aytib o’tdi. Bu  esa inson qalbining go’zal bo’lishida, unda faqatgina yaxshilik, mehr-muruvvat, yurtga sadoqat, o’z diniga va yaqinlariga muhabbatli bo’lishida juda katta zamin bo’lib xizmat qilishi haqida so’z yuritdi. 

  

     Shundan so’ng Andijon viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish” boshqarmasi boshlig’i Qahramon Ergashev bugungi kunda shunday nuammolarga qarshi kurash olib borolayotganligi, joylardagi yoshlar bilan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilib kelayotganligii ta’kidlab o’tdi. Qolaversa yoshlarga bunday yo’lga kirish qonun oldida javobgarlikka tortilishi va oqibati yaxshilikka olib kelmasligi aks ettirilgan “Soxta jihodchilar” nomli qisqa metrajli film namoyishini taqdim etdi.

     Uchrashuv so’ngida talabalar aytilgan fikrlardan o’zlariga to’g’ri xulosaga kelganliklarini aytib o’tdilar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi