Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018-yilning 20-dekabr sanasida Andijon mashinasozlik institutida “Doktorantlar kuni” bo’lib o’tdi.Shu kuni doktoranturaning 1-2-bosqichlarini tamomlayotgan doktorantlar o’zlarining yillik hisobotlari va tayyorlagan dissertatsiyalari taqdimotlarini o’tkazdilar.

     Taqdimot-hisobotlarni institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.Jo’rayev, Avtomobilsozlik kafedrasi mudiri T.Almatayev, TMJ kafedrasi mudiri N.Qobulova, MYaMT kafedrasi mudiri B.Tojiboyev, UTF kafedrasi mudiri X.Sobirov, falsafa fanlari doktori Sh.Daliyevlar qabul qildilar.

        Bunda nizomda keltirilgan me’zonlar, hisobotning to’laligi, rejaninmg bajarilishi, sifati va dissertatsiya himoyasi uchun boshqa qator zarur tashkil etuvchilar e’tiborga olindi.

        Taqdimot natijalari bo’yicha doktorantlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida kollegial organ tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

        Taqdimotga 2019-yil uchun doktoranturaga qabul qilingan xodimlar ham taklif etildi.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi