Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yilning 19 dekabrida institutning katta anjumanlar zalida bo’lib o’tgan yig’ilishni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov ochib, 4-kurs bitiruvchi talabalari bilan  YAkuniy nazorat ishlarini borishi bo’yicha axborot berishlarini so’radi.

Fakultet dekanlari M.Eshonov, M.Quchqorov, va T.Turg’unovlar 4 kurs talabalarining YAkuniy nazoratlari dekanatlar tomonidan ishlab chiqilgan jadval bilan videokuzatuv asosida o’tkazilayotgani va o’quv jarayoni jadvalida belgilangan muddatlarda yakunlanishi bo’yicha axborot berdilar. SHu masala bo’yicha so’zga chiqqan ATM boshlig’i G. Parpiyev o’qituvchilar tomonidan ON va YAN natijalarini institut veb saytidagi “Moodle” tizimiga kiritish lozimligini yana bir bor ta’kidlab o’tdi.   

O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov  2019-2021 yillar uchun kafedralar va fakultetlar kesimida tayyorlangan “YO’L XARITA”larini fakultet dekanlarining o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari tomonidan to’plab o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’iga topshirish, barcha professor-o’qituvchilar tomonidan guruh jurnallarini to’ldirilish holati bo’yicha Andijon viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan tekshiruv olib borilishi munosabati bilan ko’rib chiqish, Andijonnoma” gazetasining 2018 yil 5-dekabr sonida professor-o’qituvchilarning bo’sh o’rinlariga tanlov e’lon qilinganligini kafedralarga yetkazish bo’yicha fakultet dekanlarining o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlariga topshiriqlar berdi.

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov  O’quv-uslubiy kengash materiallarining taqdim etilish holati, Vazirlikning 2018 yil 23 noyabrdagi 87-03-4059 sonli xatiga asosan Institut professor-o’qituvchilarining 2019 yilga malaka oshirish va qayta tayyorlash rejasi qayta tayyorlanib, soni oshganligi oshganligi bo’yicha ma’lumot berdi.

Axborot resurs markazining direktori R.Mamatov Axborot resurs markaziga kafedralar tomonidan o’quv-uslubiy majmualarning taqdim etilishi, fanlarning asosiy adabiyotlar bilan ta’minlanganligi holati bo’yicha to’xtalib, kafedra mudirlariga bu sohadagi kamchiliklar bo’yicha  axborot berdi.

Yig’ilishga “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri N.Mirzaeva va O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov yakun yasab,  AQSH elchixonasining “TechWomen” dasturi elon qilinganligi, “TechWomen” dasturida barcha ayol professor-o’qituvchilarning ixtiyoriy tarzda qatnashish mumkinligini aytib o’tdi.   

Yig’ilishda Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i U.Sabirov,O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, ATM boshlig’i G.Parpiyev, Axborot resurs markazining direktori R.Mamatov, Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’limi boshlig’i N.Ibragimov, fakultet dekanlari, dekanlarning o’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, kafedra mudirlari qatnashdilar.