Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son “O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq Oliy ta`lim muassasalarida magistrlarni o`qitish va tayyorlash sifatini o`rganishga  oid test sinovlari va ijtimoiy so`rovlar 2018-yil 10-11-dekabr kunlari  Andijon Davlat universitetida bo`lib o`tdi. Unda Andijon Mashinasozlik institutida tahsil olayotgan 5 ta mutahassisligi  bo`yicha  jami 15 nafar 2-kurs magistrantlari ishtirok etdi. Test sinovlari onlayn tarzda bo`lib o`tdi. Magistrantlar 2 ta mutahassislik fanlari bo`yicha 20 tadan test topshirdilar va ijtimoiy so`rovnomada qatnashdilar.