Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018-2019-o’quv yiliga mo’ljallangan kafedra ilmiy seminarlar rejasi asosida 2018-yil 14-dekabr kuni  kafedra katta o’qituvchisi E.Safarovning  “Kungaboqar donlarini biokimyoviy hususiyatlarini saqlagan holda  quritish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida kafedra ilmiy semenari o’tkazildi.

       Seminarda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori B.Mamadjanov, fakultet dekani o’rinbosari U.Qosimov, kafedra mudiri Y.Kurbonov va kafedra professor-o’qituvchilari qatnashdilar.   

       Mavzuni tushintirish chog’ida mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning amaliy natijasi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tanlangan quritish qurilmalari taxlili hamda o’rganilgan quritish qurilmalar asosida taklif qilinayotgan loyihaviy quritish qurilmasi bayoni keltirildi.

       Quritish texnologiyalarini o’rganish va quritish qurilmalarini taxlil qilish natijasida O’zbekiston sharoitini inobatga olgan holda qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan kungaboqarni tez va sifatli quritish, energotejamkor, ko’chma ishlatiluvchi, ommabop qurilma varianti taklif etildi.

       Agar loyiha hayotga tadbiq etilsa, kungaboqar donlarini yetishtirish va  yig’ishtirib olish bir necha barobarga ortishi ta’kidlandi. Mavzu yuzasidan  qatnashchilar tomonidan E.Safarovga savollar berildi hamda zaruriy taklif va tavsiyalar bildirildi.