Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 14-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan qishki ta’til oldidan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xaliqova boshchiligidagi professor-o’qituvchilar bilan birgalikda tashkil etildi va olib borildi. Uchrashuvni o’tkazishdan maqsad talabalarni dars mashg’ulotlaridan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni muammolarini o’rganish va bartaraf qilish choralarini ko’rish hamda qishki ta’til oldidan talabalar o’rtasida tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat bo’ldi. Uchrashuv davomida  M.Xaliqova talabalarni yangi haftada institutda o’tkaziladigan turli ommaviy-ma’daniy tadbirlar, musobaqalar va tanlovlarda faol ishtirok etishga, o’tkaziladigan bayram dasturlarini tashkil etishda jonbozlik ko’rsatishga chaqirdi.  

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi