Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Viloyatimizda  15-dekabrdan 2019-yilning 15-yanvariga qadar “Kim yurtiga sodiq bo’lsa, mendirman o’sha” shiori ostida “Xarbiy vatanparvarlik oyligi” e’lon qilingan bo’lib, shu munosabati bilan 2018-yilning 15-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosida institut talabalarining umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i tushirildi.

Yig’ilishdan ko’zlangan maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona-yurtga bo’lgan muhabbat va sadoqat kabi fazilatlarni shakllantirishdan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda hafta davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar xususida to’xtalib o’tildi.

    

 

 

Otabek Odilov 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi