Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018 yil 17 noyabrda “Oliy ta’lim muassasalarining kafedra va dekanatlari ish yurituvida bo’lgan hujjatlarning namunaviy shaklllarini tasdiqlash haqida”gi 940-sonli buyrug’i tasdiqlandi.

Mazkur buyruq asosida institutning 2018 yil 20 noyabr kuni 720-sonli ichki buyrug’i ishlab chiqildi. Bunda Oliy ta’lim muassasalarining kafedra va dekanatlari ish yurituvida bo’lgan asosiy hujjatlarning namunaviy shakllari Vazirlikning 2018 yil 17 noyabrdagi 940-sonli buyrug’ining 1-9 ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.

Vazirlikning 2018 yil 17 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarining kafedra va dekanatlari ish yurituvida bo’lgan hujjatlarning namunaviy shaklllarini tasdiqlash haqida”gi 940-sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazining 22 noyabrdagi “Vazirlikning 2018 yil 17 noyabrdagi 940-sonli buyrug’i yuzasidan” 02/01-01-26-sonli xati hamda Vazirlikning 12 dekabrdagi 87-01/1-828-sonli xatidan kelib chiqib o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov tomonidan 12 dekabrda Kafedra va dekanatlar ish yurituvida bo’lgan asosiy hujjatlarning namunaviy shakllarini o’quv jarayoniga joriy etilishi va yuritilishi yuzasidan o’quv seminar o’tkazildi.

Seminarda o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, fakultet dekanlari, fakultet dekanlarining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarlari, kadrlar bo’limi mutaxasssislari qatnashdilar.

  Vazirlikning 2018 yil 17 noyabrdagi 940-sonli buyrug’ining 1-9 ilovalarga muvofiq tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining kafedra va dekanatlari ish yurituvida bo’lgan asosiy hujjatlarning namunaviy shakllarini joriy etilishi va yuritilishi yuzasidan barcha professor-o’qituvchilarga o’quv seminarlarni talabalarning qishki ta’tili davrida o’tkazishga kelishib olindi.