Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yurtimizda barcha sohalarda ulkan o’zgarishlar, yangiliklar sodir bo’lmoqdaki, bularning barchasi kelajagimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi barchamizga birdek ayon. Ayniqsa, ta’lim soxasidagi o’zgarishlarni kuzatar ekansiz, kelajak uchun yaxshigina zamin yaratilayotganligi, yosh avlodni malakali va yetuk mutaxassis bo’lib yetishishiga xizmat qiluvchi bir qator yangiliklar yuz berayotganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’lim sifatini oshirish bo’yicha chiqarilgan buyruqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Mashinasozlik” fakulteti dekanati tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, fakultet tasarrufidagi 8 ta kafedra faoliyati o’rganilib, bir qator masalalar yuzasidan takliflar bildirildi. E’tiborli jihati, har bir kafedrani o’zida yig’ilish o’tkazilib, yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirib o’tildi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish bu borada yosh pedagoglarni malakasini yanada ko’tarish  maqsadida Ustoz-shogird tizimi joriy etilib, yosh mutaxassislarga malakali ustozlar biriktirildi.

    Ta’lim sifatini oshirish, faoliyatimizning asosiy mezoniga aylangan deydi –    “Mashinasozlik” fakulteti dekanati M.Qo’chqarov. Kafedralar faoliyatini o’rganar ekanmiz, asosiy e’tiborni ta’lim sifatini oshirishga qaratib, kafedralarga amaliy yordam bermoqdamiz. E’tiborli jihati, yig’ilishlarimizda oldimizda turgan va yechimini kutayotgan bir qator muammolar o’rganilib, ijobiy hal etilmoқda. 

    

 

 

Xayrullo Vasiev – Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi