Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

        Viloyat hokimligining 2018-yil 4-dekabrdagi xabarnoma topshirig’iga binoan Oliy ta’lim muassasalarida haftaning har juma kuni “Xarbiy vatanparvarlik”kuni ertalabki saf tortish, xarbiy mashqlar bajarish belgilangan.

     Shu munosabat bilan 2018-yilning 14-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi ochiq maydonida muddatli xarbiy xizmatni o’tab, xozirda institutda ta’lim olayotgan bir qator talabalar ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi saf tortish tadbiri o’tkazildi.

      Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad shu yurtning tinchligi va osoyishtaligida bevosita yoshlar ham mas’ul ekanliklarini ko’rsatish, mamlakat ravnaqi va rivojida yoshlarning tutgan o’rni naqadar katta ahamiyat kasb etishini bildirish.

 

 

Otabek Odilov

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi