Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yilning 12-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik fakultetida Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi D.Zaynobiddinov tomonidan “Jismoniy tarbiya  nazariyasi va metodikasi” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad institut professor-o’qituvchilari, xodimlar va talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qiluvchi tadbirlarni tashkil etishni rejalashtirish va kelgusida institutda ommaviy sport mash’gulotlarini muntazam o’tkazib borish, o’tkaziladigan mashg’ulotlarda barcha professor-o’qituvchi va talabalar ishtirokini to’liq ta’minlashga oid chora tadbirlar rejasini ishlab chiqishdan iborat bo’ldi.

      Seminar davomida Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi D.Zaynobiddinov va assistent D.Raxmonovalar so’z olib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo’lgan tadbirlar yuzasidan o’z fikr va takliflarini bildirib o’tdilar.

     Seminar so’ngida mashinasozlik fakulteti ilmiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Q.To’xtanazarov   muntazam ravishda yig’ilishlarni tashkil etib borilishini ta’kidlab o’tdi. 

 

 

Otabek Odilov

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi