Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan to’g’ri va samarali foydalanayotgan yoshlarimiz soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan talaba-yoshlar bo’sh vaqtlarida qo’shimcha mashg’ulotlar bilan shug’ullanib borishi va shu orqali  soha bo’yicha yutuqlarga erishib kelayotgani quvonarli xol albatta. Bu borada Andijon mashinasozlik instituti talaba-yoshlari ham ilg’or ekanliklarini isbotlab kelmoqdalar.

 

     Joriy yilning 1-2 dekabr kunlari Namangan shahrida sportning Arashi karate turi bo’yicha O’zbekiston ochiq turniri o’tkazildi. Turnirda yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan sportchilar o’zaro bellashdilar. Quvonarli jihati ana shu yoshlar orasida Andijon mashinasozlik instituti talabasi Mamadaliyev Abdulaziz ham ishtirok etdi. Talabamiz 82 kggacha bo’lgan sportchilar orasida o’tkazilgan baxslar yakunida g’oliblikni qo’lga kiritib O’zbekiston chempioni nomiga sazovor bo’ldi. Sportchimizga kelgusidagi musobaqalarda omad tilab qolamiz. Bugunning yutuqlari ertangi jahon maydonlaridagi g’alabalarga ulangan xolda bardavom bo’lsin.

 

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi