Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Avval xabar berganimizdek Andijon mashinasozlik institutida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan institut professor-o’qituvchilari hamda rahbar xodimlari o’rtasida sportning bir qator turlari bo’yicha turnir tashkil etilgan edi. Dekabr oyining 7-8 sanalarida o’tkazilgan bellashuvlar o’z nihoyasiga yetdi va musobaqalarning yakuniy natijalari quyidagicha bo’ldi.

   Sportning voleybol turi bo’yicha o’tkazilgan ayollar o’rtasidagi baxslarda g’oliblikni Avtomatika va elektrotexnika fakulteti jamoasi qo’lga kiritgan bo’lsa, 2-o’rinni Mashinasozlik fakulteti jamoasi egalladi. Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti jamoasi 3-o’ringa sazovor bo’ldi.

    Stol tennis bo’yicha yakkakurash baxslarida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti jamoasi sha’nini himoya qilgan Shoxrux Ro’ziyev barcha raqiblar ustidan g’alaba qozonib yakunda 1-o’ringa sazovor bo’ldi. 2-o’rinni Mashinasozlik fakulteti jamoasi a’zosi Nurillo Ikromov qo’lga kiritgan bo’lsa, 3-o’rin Avtomatika va elektrotexnika fakulteti jamoasi a’zosi Bobur Rayimjonovga nasib etdi.

   Shu kuni ishtirokchilar sportning darts turi bo’yicha ham o’zaro bellashdilar. Erkaklar o’rtasidagi baxslar yakunida eng yuqori ochko bilan g’oliblikni Mashinasozlik texnologiya fakulteti dekani M. Eshonov qo’lga kiritdi. 2 va 3 o’rinlarga rahbarlar jamoasi vakili A.G’iyosiddinov  hamda Avtomatika va elektrotexnika fakulteti dekani T.Turg’unovlar sazovor bo’ldilar.

   Ayollar o’rtasidagi baxslarda esa Mashinasozlik texnologiya fakulteti jamoasi a’zosi Elvira Muratovaning qo’li baland kelib g’oliblikni qo’lga kiritgan bo’lsa, Avtomatika va elektrotexnika fakulteti jamoasi a’zosi Saida Atajanova yakunda 2-o’ringa sazovor bo’ldi. 3-o’rin Mashinasozlik fakulteti jamoasi a’zosi Zilola Aysachevaga nasib qildi.

   2 kun davom etgan musobaqalarning 2- kuni sportning mini fudbol turi bo’yicha bellashuvlarga start berildi. Institutning Mashinasozlik fakultetida o’tkazilgan o’yinlar juda qizg’in va kurashlarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Musobaqa yakunida Avtomatika va elektrotexnika fakulteti jamoaviy o’yinlarda qo’li baland kelishini yana bir bor isbotlab 1-o’ringa sazovor bo’ldilar. 2-o’rinni Mashinasozlik fakulteti jamoasi qo’lga kiritdi. Mashinasozlik texnologiyasi professor-o’qituvchilaridan tarkib topgan jamoa esa 3-o’rin bilan kifoyalandi.     

  

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi