Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 10-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda Mashinasozlik fakultetlarida institut talabalarining an’anaviy ertalabki umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi.

  

     Yig’ilish 10-dekabr O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag’ishlanib o’tkazildi. Yig’ilishni institut  Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I M.Xaliqova olib bordi. Yig’ilishda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonov, institut Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova hamda Avtomatika va elektrotexnika, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetlarining 1300 nafar talabalari va 90dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

     Yig’lish davomida   yoshlarni davlat ramzlariga bo’lgan yuksak xurmat va muhabbatlarini targ’ib toptirish shu bilan birgalikda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xozirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga daxldorlik xissini uyg’otish hamda shu islohotlarda bevosita ularning ishtirokini ta’minlashdan yuzasidan fikrlar bildirildi.

     Shuningdek Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi J.Ashurboyevga Islom Karimov Davlat stipendiyasi, Mashinasozlik fakulteti 3-bosqich talabalari Z.Jalolova hamda N.Abdumo’minovalarga Beruniy Davlat stipendiyasi guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi