Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Bugun 9-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazida 2018-6-test imtihoni bo’lib o’tdi. Imtihon jarayonida shaffoflikni ta`minlash maqsadida jarayon bevosita online tarzda «NAT-TEST»ning Yaponiyadagi ofisiga uzatildi. Test imtihoni «NAT-TEST» koordinatori dotsent A.Ermatov va koordinator assistenti B.Nabiyevlar nazorati ostida bo’lib o’tdi. Shuningdek, imtihon jarayonida auditoriya kuzatuvchilari sifatida «Mashinasozlik» fakulteti dekan muovuni G.Satvaldiyeva, «Avtomatika va elektrotexnika» fakulteti dekan muovuni G.Yusupova, «Avtomobilsozlik va traktorsozlik» kafedrasi katta o’qituvchisi H.Aliyevlar ishtirok etdilar.

Shu o’rinda yuqorida nomlari keltirilgan auditoriya kuzatuvchilari, xususan, G.SatvaldiyevaG.Yusupova,H.Aliyevlarga beminnat xizmatlari uchun Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi o’z minnatdorchiligini bildiradi!

 

«NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi