Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yig’ilishda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov 2019-2021 yillar uchun kafedralar va fakultetlar kesimida “YO’L XARITA”larini ishlab chiqilganligi,  “ZiyoNET” axborot resurs ta’lim tarmog’ini yanada rivojlantirish borasida fakultet va kafedralarda audiodarsliklar va videodarsliklarni ishlab chiqish holati bo’yicha to’xtalib, kafedra mudirlari va fakultet dekanlariga  topshiriqlar berdi.

 

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’limi boshlig’i  N.Ibragimov  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarining 2017/2018 o’quv yilidagi bitiruvchilarini yakuniy bandlik (ishga joylashish) monitoringini o’tkazish to’g’risida”gi 960-sonli buyrug’ining bajarilishi holati bo’yicha yig’ilganlarga axborot berib, Andijon viloyati shahar va tumanlari kesimida o’rganuvchi va inventarizatsiyadan o’tkazuvchi ishchi guruhlar tashkil etish va ularning faoliyatini belgilangan muddatlarda yo’lga qo’yishni amalga oshirish lozimligi xususida to’xtaldi.

      Magistratura bo’limi boshlig’i N.Kobulova  TSNIning 2018 yil 28 noyabrdagi 88-02-4762 sonli xatiga asosan Magistrlarni o’qitish va tayyorlash sifatini baholashga oid Andijon Davlat Universitetida 10 dekabr kuni TSNI tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari va ijtimoiy so’rovlar borasidagi masalalar hamda magistratura talabalari uchun «El-yurt umidi» fondi tomonidan e’lon qilingan Germaniya iqtisodiyoti sharqiy komitetining xorijiy stajirovkalari bo’yicha e’lon qilingan  dasturlar haqida axborot berdi.

     

     Fakultet dekanlari tomonidan fakultetlarda o’quv jarayonining borishi, 4-bosqich talabalariga 2018-2019 o’quv yilining 7-semestr o’quv jarayoni tugab, attestatsiya haftalari boshlanishi munosabati bilan Yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida fikrlar bildirilib, kafedralarga bulardan kelib chiqib topshiriqlar berildi.

     Yig’ilishga O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov yakun yasab, “Andijonnoma” gazetasining 2018 yil 5-dekabr sonida kafedralar kesimida professor-o’qituvchilarning bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinganini bildirdi. 

     Yig’ilishda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor N.Ikromov, o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, ATM boshlig’i G.Parpiyev, fakultet dekanlari, dekanlarning o’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, kafedra mudirlari qatnashdilar.