Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 6-dekabr kuni Andijon mashinasozlik institutining “Mashinasozlik” fakultetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag’ishlangan “Mustaqil yurtimiz taraqqiyotining huquqiy asosi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

     Unda Andijon mashinasozlik institut professor-o’qituvchilari, talabalar, magistrlar va doktarantlar ishtirok etdi.

     Tadbirni  “Mashinasozlik” fakulteti dekani M.Qo’chqarov ochib berar ekan, quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi:

  • Tarixda insoniyat, xalqlar taqdiriga ta’sir qilgan, taraqqiyotga yo’l ochgan buyuk hodisalar, voqealar, kashfiyotlar ko’p bo’lgan. Shulardan biri Konstitutsiyaning vujudga kelishi va asosiy qonun sifatida namoyon bo’ Konstitutsiya faqat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalardan iborat bo’lmay, u kelajakda yuzaga keladigan yangicha munosabatlarni ham tartibga solishga qaratilgan noyob hujjatdir. O’zbekistonda Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulug’ yo’lboshchimiz bo’lgan I.A.Karimovning xizmati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi bilamiz.

           Bosh qomusimizda “Inson va uning qadr-qimmati” degan ulug’ tushuncha markaziy o’ringa qo’yildi. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan yuksak marralarga yetish  jarayonida, izchil va barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon¸ demokratik O’zbekiston davlatini barpo etishda, eng rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olishda mustahkam qonuniy suyanch va tayanch bo’ladigan, butun jamiyat manfaatlarini aks ettiradigan bosh huquqiy hujjat-Konstitutsiyamizning hayotbaxsh qudrati va salohiyatini, unda mujassam bo’lgan printsiplar, qoida va normalarning naqadar chuqur o’ylangani, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanligini yorqin namoyon etadi.

    Tadbirda davomida O’zbekiston tarixi kafedrasi professori U.Abdullaev ham so’z olib, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qudratli axloqiy kuchga ega ekanligi, unda avvalo insonparvarlik, adolat g’oyalari mustahkamlab qo’yilganligi, uning cho’qqisida inson va uning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari turishini bir qancha misollar bilan tushuntirib berdi.

         Tadbir davomida Mashinasozlik fakulteti dekani o’rinbosari R.Otaxonov, 3-kurs talabalari N.Begaliev va R.Sharobiddinovalarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag’ishlangan ma’ruzalari tinglandi.

 

 

 

 

Xayrullo VASIEV matbuot va axborot xizmati xodimi