Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’z davrining buyuk olimi, tibbiyot fani asoschisi, buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino shunday so’zlari bor. “O’z vaqtida, me’yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi.Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-darmonga zarurat qolmaydi,buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilmoq ham shart”. Darhaqiqat ertalabki badantarbiyaning inson salomatligiga naqadar foyladi ekanligini bugungi zamonaviy meditsina ham ta’kidlashi mumkin. Ayniqsa aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi insonlar uchun badantarbiya nafaqat jismonan chiniqish balki kun davomida ruhan tetiklik bag’ishlashi haqida tibbiyot manbaalarida keltirib o’tilgan.

  Andijon mashinasozlik instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti, Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti hamda “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi tashabbusi bilan  2018-yilning 7-dekabr kuni  Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda “Mashinasozlik” fakultetlari talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar va bir qator professor-o’qituvchilar bilan xarbiy vatanparvarlik ruhidagi ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazildi.

    Institutning 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar  “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari A.Axmedov, A.Yusupovlar boshchiligida ertalabki badantarbiya mash’g’ulotlarini bajarish uchun saf tortdilar. Shundan so’ng talabalar umumiy mashg’ulotlarni bajarish uchun institutning ochiq sport maydoniga yo’l oldilar. Talalabalar bilan mashg’ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi.

    

 

   

     Xuddi shunday mashg’ulotlar institutning 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida ham tashkil qilindi. Quvonarli jihati barcha talabalar bugungi mashg’ulotdan taassurotlari iliq ekanligini va muntazam ravishda o’tkazilib boririlishi tarafdori ekanliklarini aytib o’tdilar Sog’lom turmush tarzini yoshlar orasida keng targ’ib qilish orqali kelajakda jamiyatda sog’lom oilalarni shakllantirishga erishishdan maqsad qilib olingan tadbirlarda talabalar qatorida institut professor-o’qituvchilarining ishtiroki ham qaysidir ma’noda yoshlarga o’rnak bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi