Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti “Ma’naviyat va ma’rifat ” bo’limi hamda “O’zbekiston tarixi” kafedrasi tashabbusi bilan 2018-yilning 7-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

    Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi va davlat bayrog’i ko’tarildi. Tadbirda 200 nafardan ziyod talabalar va 15 nafar professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbirni institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’I M.Xaliqova olib bordi. Tadbir davomida O’zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti D.Iymanovaning “Asosiy qomusimiz- taraqqiyotimiz poydevori” mavzusidagi nutqi tinglandi.

     Shundan so’ng Mashinasozlik fakultetining 3- bosqich talabasi N.Begaliev  “Tadbirkorlikning huquqiy asoslarini Konstitutsiyada ifodalanishi” mavzusi bo’yicha talabalarga tadbirkorlik haqida qonunda ko’rsatilgan bir qator moddalar va bandlar haqida ma’lumot berdi.

     Shundan so’ng tadbirning rasmiy qismi ortda qoldirilib badiiy qismga murojaat etildi. Institutning bir qator iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoa tomonidan tayyorlab kelingan sahna ko’rinishlar, kuy va qo’shiqlar, dastur davomida tadbir qatnashchilari bilan o’tkazilgan savol-javob shaklidagi interaktiv o’yinlar barchaga birdek manzur bo’ldi.

  

 

 

Odilov Otabek

        Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi