Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2018-yilning 6-7 dekabr kunlari Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi sport zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-yilligi munosabati bilan institutning professor-o’qituvchilari hamda rahbar xodimlari o’rtasida sportning mini fudbol, stol tennis, voleybol, arqon tortish hamda darts turlari bo’yicha musobaqa tashkil etilishi rejalashtirilgan. Kuni kecha 6-dekabr sanasidan  o’rin olgan sport turlari, voleybol, arqon tortish, stol tennis, darts bo’yicha bellashuvlarga start berildi.

Bellashuv avvalida O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etish bilan boshlandi. Shundan so’ng institut rektori U.R.Salomov yaqinlashib kelayotgan bayram bilan  o’qituvchi-murabbiylarni tabriklab barcha jamoalarga o’tkaziladigan bellashuvlarda omad tiladi. Jamoalar tashlangan qur’a natijalariga ko’ra bellashuvga kirishdilar.Musobaqalar davom etmoqda.

 

 

 

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi