Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston deganda dunyo xalqlarining ko’z oldida shonli tarixga ega yurt, buyuk ajdodlarning avlodlari hisoblangan xalq, osmoni musaffo, tonglari nurafshon, tabiati esa go’zal va betakror zamin gavdalanadi. Bunday maqomni esa bizga mustaqillik hadya etdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Mustaqillik sabab xalqimiz o’z tarixiga ega bo’ldi, o’z ajdodlarini tanidi,  har kuni bayramu-tantanalarga ulangan xolda o’tmoqda. Bir so’z bilan aytganda mustaqillik bizga baxtli hayot kechirishi uchun nima zarur bo’lsa bariga erishish imkoniyatini taqdim etdi. Mamlakatimizning mustaqil ekanligini anglatuvchi yuqoridagi ta’riflarga xamohang ravishda  yana bir belgi bu albatta davlat madhiyasi va davlat ramzlarimizdir. Har qanday sohada faoliyat olib borayotgan yoshlarga “Kelajakdagi maqsading nima?”-deb savol berilsa, O’zbekistondagi barcha soha vakillari   “Maqsadim yurtimiz bayrog’ini jahon maydonlarida yuksaklarga ko’tarish”-degan javoblarga juda ham ko’p guvoh bo’lamiz. Ayniqsa sport sohasida biror bir yutuqqa erishib shoxsupaning 1-pog’onasida turgan payting davlat madhiyasi sadolari ostida yurt bayrog’i ko’klarga ko’tarilgandagi hisni bir marotaba bo’lsa ham tuyishni orzu qilmagan sportchi bo’lmasa kerak. Demak davlat ramzlariga bo’lgan chuqur hurmat, ularga bo’lgan munosabat ham mana shunday hislar bilan chambarchas bog’langan xolda har kunimizga hamroh bo’lishi kerak ekan.  

2018-yilning 4-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi hamda Mashinasozlik fakultetlarida institut talabalarining umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi hamda davlat bayrog’i ko’tarildi. Yig’ilishdan ko’zlangan maqsad yoshlarni davlat ramzlariga bo’lgan yuksak xurmat va muhabbatlarini targ’ib toptirish shu bilan birgalikda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xozirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga daxldorlik xissini uyg’otish hamda shu islohotlarda bevosita ularning ishtirokini ta’minlashdan iborat bo’ldi.

O’tkazilgan yig’lishda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtomoiy-iqtisodiy islohotlar hususida hamda talabalarga oid bo’lgan yangiliklarga to’xtalib o’tildi. Hafta davomida turli yo’nalishlarda yutuqlarga erishgan professor-o’qituvchi va talabalar taqdirlandilar.

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi