Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Joriy yilning 30-noyabr kuni institutimizning “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasida, kafedra assistenti Dumaxonov Furqatbek Shuxrat o‘g‘lining Rossiya Federatsiyasining Buyuk Petr Sankt-Peterburg politexnika universitetida malaka oshirish dasturi hisobot taqdimoti hamda ““Sinergiya”-Virtual o`qitish tizimini o`quv jarayoniga joriy qilish (“SPbPU-Festo “Sinergiya”” Shimoliy G`arbiy o`quv-ilmiy markaz misolida)” mavzusida ilmiy seminar o’tkazildi.

     Zamonaviy texnologiyalar keskin tarzda rivojlanayotgan bugungi kunda, OTMlarning  o`quv-laboratoriya bazalari bilan ta`minlanganligi asosiy muammolardan biri bo`lib qolmoqda. “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” hamda “Mexatronika va robototexnika” yo`nalishi talabalari va muhandis kadrlarni sifatli ta`lim olishi uchun OTMlar jahonning eng ilg`or  o`quv-laboratoriya bazalari bilan jihozlangan bo`lishi lozim. “Sinergiya” universitetlararo tarmoqli loyihasining asosiy maqsadi: Jahonning ilg`or universitetlari, ilmiy tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalarining intelektual va material boyliklaridan hamkorlikda foydalangan holda yuqori tezlikli internet aloqasi yordamida masofaviy virtual o`quv va laboratoriya mashg`ulotlarini olib borishdan iborat.  Rossiya Federatsiyasining Buyuk Petr Sankt-Peterburg politexnika universiteti “Sinergiya” universitetlararo tarmoqli loyihasining a`zolaridan biri bo`lib universitetda  “SPbPU-Festo “Sinergiya”” Shimoliy G`arbiy o`quv-ilmiy markazi ish olib boradi.

     “Sinergiya” universitetlararo tarmoqli loyihasiga o`ndan ziyod ta`lim muassasalari a`zo bo`lib ularning aksariyatida Festo korxonasining didaktik qurilmalari mavjud. Talabalar universitetlararo tarmoq yordamida nafaqat masofaviy ta`lim olishi mumkin balki laboratoriya mashg`ulotlari tayyorlagan kompyuter dasturlarini amalda “Sinergiya” universitetlararo tarmoqli loyihasiga a`zo ta`lim muassasasi didaktik qurilmalarida ishga tushirishi mumkin.

 

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasolzik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi