Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan o`tkazilgan tanlovda institutimizning “Avtomobilsozlik” kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent Almataev Tojiboy Orziqulovich, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” dotsenti Jo‘raev Zafar Botirovich, “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent Qurbonov Yoqub Egamberdievich hamda ushbu kafedra assistenti  Dumaxonov Furqatbek Shuxrat o‘g‘li malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib, jamg‘arma stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar.

     Andijon mashinasozlik instituti vakillari 2018-yilning 12-oktabrdan 9-noyabr sanasiga qadar Rossiya Federatsiyasining Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetida bir oylik malaka oshirish dasturida qatnashib keldilar.  Malaka oshirish dasturi Andijon mashinasozlik instituti a`zolarining individual talablari asosida Sankt-Peterburg politexnika universiteti qo`shimcha ta`lim instituti tomonidan taqdim etildi.

   

 Dastur ishtirokchilari zamonaviy ta`lim jarayonining turli mavzulardagi seminar va amaliy mashg`ulotlarida qatnashdilar va dastur yakunida institutimiz a`zolariga sertifikatlar topshirildi . Shuningdek hodimlarimiz Sankt-Peterburg politexnika universitetining bir qator institut va ilmiy markazlariga tashrif buyurib kelajakdagi institutlararo ilmiy hamkorlik borasida kelishib oldilar. Universitetning xalqaro ishlar bo`yicha prorektori prof. Arsenyev D.G. bilan suhbat davomida kelajakdagi samarali loyihalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish  bo`yicha muhokamalar olib borildi. Shuningdek 2019-yilning birinchi yarmida institutimiz rektori boshchiligidagi delegatsiyaning  Sankt-Peterburg politexnika universitetiga tashrifi kelishib olindi.

   

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi