Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 4-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” fakultetida fakultet dekani M.A.Eshonov boshchiligidagi jamoa  hamda ushbu fakultetda taxsil olayotgan va ayni damda muntazam ravishda dars mashg’ulotlarini qoldirib kelayotgan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvni tashkil etishdan maqsad, talabalarni dars jarayonlarida  muntazam ishtirokini ta’minlash, darslardan bo’sh vaqtlarda ularning harakatlarini nazorat qilish, bu bilan yoshlar orasidagi xuquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishga qaratildi. M.A.Eshonov uchrashuv davomida talabalarning ota-onalari bilan erkin muloqotga kirishdi. O’tkazilgan suxbat jarayoni davomida ota-onalar institutning ichki tartib qoidalari, xususan institut xududida kiyinish odobi, o’zini tutish ma’daniyati kabi bir qator nizomda belgilangan bandlar bilan tanishtirildi.

     Suxbat so’ngida ota-onalar farzandlarini o’quv yilining bir semestri davomida sababsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirishlari ularning talabalar safidan chiqarilishiga sabab bo’lishi to’g’risida ogohlantirildi va o’z ornida ota-onalar ham farzandlarini o’quv jarayonlarida ishtirokini to’liq ta’minlashni, dars jarayonlarini o’zlashtirish xolatini o’z nazoratlariga olishlarini tilxatlar asosida bayon etishdi. Uchrashuvlar muntazam ravishda har oyning 1-yarmida o’tkazilib borilishiga kelishib olindi.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi