Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 

Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligida, fan va ta’lim sohalarining rivoji juda katta ahamiyatga ega. Shu sababdan yurtimizda yoshlarni ilm-fanga qiziqishlarini oshirish maqsadida, qolavesa ularni ilmiy-izlanishlar olib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu esa ertangi kun uchun yetuk kadrlar yetishib chiqishida va yurt istiqboli yo’lida naf keltirishida zamin bo’ladi.

2018-yilning 1-dekabr kuni Andijon mashinasolzik instituti TMJ kafedrasida ilmiy seminar bo’lib o’tdi. Otkazilga ilmiy seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamadjonov, TMJ kafedrasi mudiri N.Qobulova, kafedra dotsentlari K.Qosimov, M.Raxmonov, A.Abdurahmonov, kafedra assistentlari X.Xoshimov, T,Isaboyev, M.Qosimova, N.Qizg’izaliyev, R.Sultonov, Sh.Latipov hamda Tmj kafedrasining bir qator magistrantlari va talabalari ishtirok etdilar.

Seminarni tashkil etshdan maqsad kafedra assistenti Sh.Yo’ldashevning “Yeyilgan detallarni yuza qismini payvandlab qoplash orqali mustahkamligini oshirish texnologiyasi oarametrlarini asoslash” dissertatsiya mavzusi bo’yicha hisobotini tinglashdan iborat bo’ldi. Semnar davomida Sh.Yo’ldashev soha mutaxassislari tomonidan berilgan savoillarga atroflicha javoblar berdi. Sh Yo’ldashevning hisoboti bo’yicha ilmiy maslahatchi t.f.n dotsent K.Qosimov so’zga chiqib ishning aniq maqsadlarini qisqacha yoritib  o’tdi.

Seminarning ikkinchi bosqichida Payvandlash ishlab chiqarishi texnologiyasi va jihozlari mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlarining ilmiy mavzularini va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash masalalari ko’rib chiqildi.

Seminar so’ngida  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamadjonov seminar ishtirokchilariga va talabalarga ilmiy izlanishlarning ijobiy natijalarga olib kelishida ustoz shogirt tizimini mustahkam yo’lga qo’yish kerak ekanligi bu esa o’r o’rnida fan va ilmiy izlanishlar sohasida yuksak natijalarga erishishda katta zamin bo’lishi haqida so’z yuritdi.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi