Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA)ning O’zbekistondagi ofis direktori janob Son Song Ilning taklifiga binoan 21-noyabr kuni Andijon mashinasozlik institiuti dotsenti A. Ermatov, “Innovatsion ta`lim texnologiyalari” fakulteti dekani J.Rahmatullayev hamda KOICA ning institutimizdagi volontyori  Yan Ji He xonim Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligining O’zbekistondagi ofisida tashkil etilgan uch kunlik o’quv seminarida ishtirok etdilar.


Seminar davomida janob Son Song Il KOICA bilan hamkorlik qiluvchi Respublikamizdagi oliy ta`lim muassasalari vakillari uchun shu kungacha hamkorlikda erishilgan yutuqlar hamda kelajakdagi istiqbolli rejalari haqida taqdimot o’tkazdi va ishtirokchilar bilan muloqotda bo’ldi.