Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 

     2018-yilning 1-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi anjumanlar zalida “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti dekani T.Turg’unov boshchiligidagi jamoa  hamda ushbu fakultetda taxsil olayotgan talabalarning ota-onalari o’rtasida  umumiy yig’ilish tashkil qilindi.

    Yig’ilishda jami 160 nafar ota-onalar ishtirok etdilar. Yig’ilishni tashkil etishdan maqsad, talabalarni dars jarayonlarida  muntazam ishtirokini ta’minlash, darslardan bo’sh vaqtlarda ularning harakatlarini nazorat qilish, bu bilan yoshlar orasidagi xuquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishga qaratildi. T.Turg’unov yig’ilish davomida talabalarning ota-onalari bilan erkin muloqotga kirishdi. O’tkazilgan suxbat jarayoni davomida ota-onalar “Andijon mashinasozlik instituti talabalarining odob axloq qoidalari” bilan tanishtirildi.

Yig’ilish davomida ota-onalar fakultet haqidagi bir qator ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Bundan tashqari fakultet dekani T.Turg’unov ota-onalarga o’quv jarayonlariga ajratilgan vaqtning davomiyligi, darslarning boshlanishi va tugash vaqtlari haqida ma’lumot berdi. Talabalarning kelajakda chuqur bilimga ega, salohiyatli, ma’nan barkamol va eng muhimi o’z kasblarining yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishida nafaqat institutning professor-o’qituvchilari, balki ota-onalar ham birdek mas’ul ekanliklari uqtirildi.     

   Suxbat so’ngida ota-onalar farzandlarini o’quv yilining bir semestri davomida sababsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirishlari ularning talabalar safidan chiqarilishiga sabab bo’lishi to’g’risida ogohlantirildi va o’z ornida ota-onalar ham farzandlarini o’quv jarayonlarida ishtirokini to’liq ta’minlashni, dars jarayonlarini o’zlashtirish xolatini o’z nazoratlariga olishlarini tilxatlar asosida bayon etishdi. Yig’ilishlar muntazam ravishda har semestrda  o’tkazilib borilishiga kelishib olindi.  

 

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi