Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-sonli “O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda  2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti va  Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tibbiyot injeneriyasi bo’yicha institutlararo magistratura tajribaviy dasturi asosida 2018-2019 o’quv yilidan boshlab sog’likni saqlash tizimi uchun tibbiyot muxandislari tayyorlash tajriba-sinov tariqasida yo’lga qo’yildi.

Ushbu dastur tayanch oliy ma’lumotga ega bo’lgan, texnika oliy o’quv yurtlarining elektronika, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, metrologiya, materialshunoslik, biofizika, biotexnologiya tizimlari xamda tibbiyot oliy o’quv yurtlarining tibbiyot-profilaktika, tibbiyot-biologiya qabi bitiruvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, o’quv mashg’ulotlari Oliy va o’rta maxsus vazirligi tarafidan tasdiqlangan tajribaviy magistratura dasturi asosida modul-kredit tizimida olib borilmoqda.

SHu bois, qo’shma ta’lim dasturining amalga oshirish yuzasidan  navbatdagi yig’ilish Andijon davlat tibbiyot institutida tashkil etildi. Yig’ilishda Andijon davlat tibbiyot instituti  rektori, xamkor oliy o’quv yurtlarining o’quv ishlari bo’yicha prorektorlari, xalqaro aloqalar bo’lim boshliqlari, magistratura bo’lim boshliqlari, o’quv-uslubiy bo’lim boshliqlari, reja va moliya bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari va o’quv mashg’ulotlari olib borayotgan professor-o’qituvchilar qatnashdilar.

           Yig’ilishni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M.M. Madazimov ochib berib, hozirgi kunda tibbiyot sohasida respublikamizda olib borilayotgan ulkan yangilanishlar, respublikamiz oliy o’quv yurtlari va chet el oliy ta’lim muassasalari bilan ko’p qirrali hamkorliklar va ularning natijasi sifatida tashkil etilgan qo’shma magistrlik dasturi haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

             Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida” qaroridan kelib chikib, O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoni asosida 2018/2019 o’quv yili qabuli uchun respublika oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo’shma ta’lim dasturlari va  ikki tomonlama diplom berish amaliyotini joriy etish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti bilan xamkorlikda to’lov-kontrakt asosida qo’shimcha  “Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligiga 9 nafar talabalar qabul qilinganligi yana bir bor eslatib o’tdi.

SHu bilan birga, tibbiyot muxandisligi sohasi muximligi va ularning kasbiy faoliyatiga texnika va ilmiy soxa, inson faoliyati, tibbiyot diagnostika uchun asbob-uskunalarga xizmat ko’rsatish, inson kasalliklari profilaktikasi va reabilitatsiyasida zamonaviy tibbiyot jixozlari, tibbiy laboratoriya masalalarini yechish uchun dasturiy ta’minotni ishlatish kabilar kiritilganligigi institut rektori a’loxida ta’kidlab o’tdi.

          So’ngra, Andijon mashinasozlik institutining xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B. Jo’raev tibbiyot muxandisligi institutlararo qo’shma magistrlik dasturining o’ziga xos xususiyatlari,  tarkibiy tuzilmasi, o’quv mashg’ulotlari va mutaxassislik fanlari haqida to’liq ma’lumot berdi. Jumladan, Janubiy Koreyaning Tegu universiteti (Catholic University Of Daegu) va Andijon davlat tibbiyot institutlari bilan  hamkorlikda meditsina injeneriyasi (Biomedical Engineering) magistratura mutaxassisligi qo’shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 1+1 modeli asosida (1-o’quv yilida Andijon mashinasozlik instituti va Andijon Davlat Tibbiyot institutilarida va 2-o’quv yilida Janubiy Koreyaning Tegu universitetida) tashkil etilganligi xaqida ma’lumotlar berib o’tdi.

 Yig’ilish davomida Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon mashinasozlik instituti bo’lim boshliqlari o’z vakolatlari doirasida qo’shma magistrlik dasturining kelgusi istiqbollari haqida kelishib oldilar. Yig’ilish so’ngida, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M. Madazimov institutning kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlariga o’quv mashg’ulotlarini doimiy ravishda monitoring olib borish, o’quv mashg’ulotlarini kerakli tibbiyot jihozlari va axborot kommunikatsion texnologiya vositalari bilan ta’minlash va ta’lim sifatiga alohida e’tibor berish haqida tegishdi kafedralarga topshiriqlar berdi.