Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 30-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi anjumanlar zalida “1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” va “8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi Andijon viloyat kengashi bilan hamkorlikda davra suxbati o’tkazildi.

     Tadbirda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi raisi, Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi deputati, deputatlik guruhi rahbari A.Nurmatov, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori mudiri, Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi deputati, deputatlik guruhi rahbari S.Qosimov, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon shahar kengashi raisi v.v.b I.Aminov,  O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon shahar kengashi raisi o’rinbosari X.Sultonov, Viloyat oitsga qarshi kurashish markazi bosh mutaxassisi A.Xojimatov, Institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor v.v.b M.Xaliqova hamda 200 ga yaqin talabalar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

 

     Tadbir avvalida so’z olgan A.Nurmatov chuqur bilim va izlanishning natijasi faqatgina yuksak marralarni zabt etish, xalq uchun manfaat keltiradigan inson bo’lib shakllanish hamda shu yurt istiqboli uchun xizmat qilib elning suyukli farzandi bo’lib qolish bilan yakun topishini aytar ekan, Andijon mashinasozlik institutini taxsil olgan, yosh bo’lishiga qaramay hozirda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon shahar kengashi raisi v.v.b lavozimida faoliyat ko’rsatayotgan Ixtiyor Aminovni talabalarga namuna sifatida ko’rsatib o’tdi. Institutni tamomlab nafaqat O’zbekistonda balki dunyoning bir qator rivojlangan mamalakatlarida o’z ish faoliyatini olib borayotgan yoshlar haqida so’z yuritish barobarida barcha yaratilayotgan imkoniyatlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya berganligini aytib o’tdi. Yani ta’lim olish, mehnat qilish kabi hayotimizni bajaradigan ko’plab harakatlarimiz konstitutsiyada belgilab qo’yilganligini aytib o’tdi. Qolaversa so’nggi yillarda konstitutsiyamizda belgilangan qonunlar va ularga kiritilgan bir qator o’zgartirishlar haqida ma’lumot berdi.

     Shundan so’ng  Viloyat oitsga qarshi kurashish markazi bosh mutaxassisi A.Xojimatovga so’z berildi. Mutaxassis tadbir ishtirokchilariga xozirgi kunda butun dunyoda keng tarqalib borayotgan OITS kasalligining tarixi, kelib chiqish sabablari, kasallikka qarshi kurashish va uning oldini olish haqida  bir qator tushunchalar berib o’tdi.

     Tadbir so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi