Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Joriy yilning 30 may kuni “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3755-sonli Prezident Qarori qabul qilindi. Hujjatda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida kadrlarning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko’maklashish ko’zda tutilgan. Mazkur Qarorga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining har uch yilda perspektiv boshqaruv kadrlarini saralash bo’yicha “Taraqqiyot” tanlovini o’tkazish to’g’risidagi taklifi ma’qullandi.

Tanlov natijalari bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatlarning va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali kadrlari aniqlanib, rag’batlantiriladi. Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan (45 yosh ham qo’shilgan holda) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov g’oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to’lanadi. Bunda final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o’rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Tanlov g’oliblari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka o’tashni o’z ichiga oladigan «Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo’yicha Prezident dasturi»ga muvofiq uch oylik kurslarda o’qiydi. So’ng tegishli yo’nalishlar bo’yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

Shu munosabat bilan institut Mashinasozlik fakultetida joylashgan kompyuter sinfi barcha talablarga muvofiq jixozlandi. Test sinovlari uchun sharoitlar yaratildi.