Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’sib kelayotgan kelajak avlodni ham ma’nan yetuk, bilimli, har tomonlama ilg’or bo’lib shakllanishida ular uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda tashkil etilayotgan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholash, har sohada tajribalarini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida mamlakatimizning tuman va shaharlaridagi barcha ta’lim muassasalarida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ilm-fan, san’at, sport sohalari bo’yicha tashkil etilayotgan musobaqa va tanlovlar  yoshlarimiz orasidan iste’dodlilarini saralab olish uchun zamin yaratmoqda. Ayniqsa talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilishida sport o’yinlarining o’rni beqiyos desak mubolag’a bo’lmaydi.  

      Andijon mashinasozlik instituti, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti, Xotin-qizlar qo’mitasi institut boshlang’ich tashkiloti hamda institut “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi  tashabbusi bilan 2018-yilning 28-29-30-noyabr va 1-dekabr kunlari  institutning Mashinasozlik fakultetida Andijondagi Oliy ta’lim muassasasi talabalari yigitlari va qizlari o’rtasida sportning minifudbol turi bo’yicha turnir tashkil qilindi.Musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi. 4 kun davom etgan baxslar so’ngida quyidagi natijalar qayd etildi. Qizlar o’rtasida o’tkazilgan baxslar yakunida Andijon Davlat Universiteti jamoasi faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, 2-o’rin Andijon mashinasozlik instituti jamoasiga nasib etdi. Toshkent Agrar Universiteti Andijon filiali jamoasi 3-o’rin bilan kifoyalandi. Yigitlar o’rtasidagi musobaqalar juda qizg’in va murosasiz bo’lib o’tdi va yakunda 1-o’rinni Toshkent Agrar Universiteti Andijon filiali jamoasi egalladi.2 va 3 o’rinlar Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoalariga nasib qildi. Turnir so’ngida musobaqa ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan 1-2-3 darajali diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi