Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Mamlakatimiz sportga bo’lgan e’tibor jihatidan bir qator davlatlarni ortda qoldirib ulgurdi. Buning yaqqol isbotini so’nggi yillarda sportning ko’plab turlari bo’yicha yutuqqa erishib kelayotgan yoshlarimiz dunyo bo’ylab yurtimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarayotganligidan ham ko’rish mumkin. 2018-yilning 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida sportning “Jiu-Jitsu” turi bo’yicha Samarqand viloyati ochiq chempionati o’tkazildi. Quvonarli jihati turnirda Andijon mashinasozlik instituti 1-bosqich talabasi Abdulaziz Mamadaliyev ham munosib ishtirok etib, navbatdagi g’alabali yurishini davom ettirdi. Abdulaziz o’tkazilgan musobaqada 20 yoshdan yuqori, 82 kggacha vaznga ega bo’lgan sportchilar orasida faxrli 1-o’ringa sazovor bo’ldi. Shu bilan birgalikda joriy yilning dekabr oyida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan  Respublika chempionatida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi