Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018-yilning 28-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi anjumanlar zalida “1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda viloyatimizdagi bir qator sog’liqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorlikda “Biz sog’lom tushmush tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oitsga qarshi kurashish markazi mutaxassislari J.Mamadaliyeva, N.Nabijonova, Sog’liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti Andijon viloyati bo’linmasi mutaxassisi U.Usmonov, Andijon mashinasozlik instituti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor v.v.b M.Xaliqova hamda 200 ga yaqin professor-o’qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni M.Xaliqova olib bordi.

 Tadbir avvalida institutning bir qator iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan bugungi kundagi sog’lom muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar, oila va uning muqaddasligi, unga xiyonat qilishning oqibati yaxshilik bilan tugamasligini aks ettiruvchi sahna ko’rinishlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola qildilar.

Shundan so’ng Oitsga qarshi kurashish markazi mutaxassisi J.Mamadaliyeva so’zga chiqib, barcha talaba-yoshlarga avvalo noto’g’ri xatti-harakatdan saqlanishini ta’kidlagan holda tadbir qatnashchilari bilan bugungi kunda ayniqsa yoshlar orasida ko’p uchrayotgan OITS kasaligi to’g’risida muloqotga kirishdi. Kasallikning orttirib olish sabablari, uning alomatlari, xavflilik darajasi, bunday holatda nima qilish kerak va birinchi galda qayerga murojaat qilsh zarurligi haqida axborot berdi. Bugunga kelib mamlakatimizda bunday kasalliklar bilan kurashish uchun barcha zarur sharoitlarni ko’rish, joylarda olib borilayotgan davra suxbatlarining natijasi o’laroq, aholi o’rtasida bunday kasallik bilan xastalangan insonlar soni nisbatan kamayganligini aytib o’tdi. 

Tadbir davomida so’z olgan Sog’liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti Andijon viloyati bo’linmasi mutaxassisi U.Usmonov talabalarga muntazam ravishda sog’lom turmush tarziga amal qilish inson salomatligi uchun juda muhim ekanligi va har qanday kasallikka qarshi kurashishda eng muhim omil bo’lib xizmat qilishi haqida so’z yuritdi. Qolaversa hayotimizda juda ko’p duch keladigan kasallik nomlaridan hsoblangan OIV va OITSni bir-biridan farqi haqida ma’lumotlar berib o’tdi.

Tadbir so’ngida sog’lom turmush tarzini ommaga keng targ’ib qilishda ko’mak ko’rsatganligi uchun , Andijon mashinasozlik instituti iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Nihol” teatr studiyasi a’zolariga ko’rsatgan faolligi uchun institut rektorining faxriy yorliqlari topshirildi va markaz mutaxassislari muntazam ravishda mana shunday targ’ibot ishlari olib borilishida, joylarda o’tkazilishi ko’zda tutilgan davra suxbatlarida ham talabalarni hamkorlikka chorladilar.

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi