Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    

    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 oktyabrdagi “Oliy  ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichi yakuni to’g’risida”gi 836-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan 2018 yil uchun “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” ro’yhatiga binoan “Hayot faoliyati xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha” institutning “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri Qobulova Nilufar Jalilovna tanlov g’olibi bo’ldi.

    “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi g’olibi “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri N.Qobulovaga Vazirlikning oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg’armasi hisobidan Vazirlikning 2018 yil 21 noyabrdagi 948-sonli buyrug’ining 1-ilovasi bilan ajratilgan lavozim maoshining 5 (besh) barobari miqdorida mukofotlandi. Institut rahbariyati va jamoasi “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi g’olibi bo’lganligi bilan «Texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi mudiri Qobulova Nilufar Jalilovnani chin yurakdan tabriklaydi.