Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent shahridagi turin politexnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSC.27.06.2017.t.09.01 raqamli ilmiy kengash tavsiyasiga ko’ra, 2018-yilning 10-noyabr sanasidan boshlab  Andijon mashinasozlik  instituti yetakchi tashkilot etib belgilangan edi. Joriy yilning 16-noyabr kuni   Toshkent shahridagi turin politexnika universiteti taqdimotchisi Kaniev Jamshid Maxmudovichning  “Traktorlar gidrosistemasi taqsimlagichining membrana tipidagi o’tkazib yuborish klapanini ishlab chiqish va ularning o’lchamlarini asoslash” mavzusida ilmiy seminar o’tkazildi.

Jahonda gidroyuritmalarning yuqori bosimga o’tish gidroelementlarining massa va gabaritlarini kamaytirish, hamda ishchi suyuqlikda hosil bo’ladigan gaz-havo tashkil etuvchilar ta’sirini kamaytirish imkonini beradigan texnika vositalarining yangi ilmiy-texnikaviy asoslarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu yo’nalishda jumladan sifatli yuqori bosimiga mo’ljallangan gidravlik sistema elementlarini, qurilmalarining konstruktiv sxemasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo’yicha maqsadli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga gidravlik sistemalarning ishonchliligi, hamda gidroelementlarning konstruktiv shakliga o’zgartirishlar kiritish va ishlab chiqish zarur hisoblanmoqda.

Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:

zarbali to’lqinni haydovchi kanali diametriga va suyuqlikning elastiklik moduliga bog’liq holda tarqalish tezligini ifodalash  imkonini beruvchi, taqsimlagichning haydash kanalidagi gidravlik zarbani so’ndirishning hisoblash usuli ishlab chiqilgan;

haydash kanalidagi bosimni, haydash kanali diametriga, devorning va suyuqlikning elastiklik modullariga bog’liq holda aniqlaydigan analitik  bog’likligi ishlab chiqilgan;

haydash kanalidagi suyuqlikning zarbali to’lqin impulsi, haydash kanali ko’ndalang kesimining radiusi va zichligiga bog’liq holda aniqlaydigan analitik bog’liqligi ishlab chiqilgan;

membrananing teshiklarini ratsional soni uchun tenglama, teshiklarning orasidagi masofa va gidravlik zarbani so’ndirish uchun membrananing qalinligi va teshiklarining parametrlari har xil bo’lgan holda bosimni hisoblash uchun formula ishlab chiqilgan.

O’tkazilgan ilmiy seminar davomida seminar ishtirokchilari tomonidan  ma’ruzachiga muhokamaga qo’yilgan mavzuda oid bo’lgan savollar berildi. Berilgan savollarga ma’ruzachi atroflicha javoblar berdi.

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi