Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutining ikkinchi bosqich magistrantlari bilan 2018-yilning 21-noyabr kuni institut asosiy binosining anjumanlar zalida  yig’ilish bo’lib o’tgan edi. Yig’ilishda o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov, Magistratura bo’limi boshlig’i N.J.Qobulovalar hamda tegishli mutaxassisliklar kafedra mudirlari ishtirok etib talabalarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan 2018-yilning 10-dekabr kuni o’tkazilishi rejalashtirilayotgan testlarga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borgan edilar. Shu kuni magistrantlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 426-son buyrug’i, test o’tkazish nizomi hamda tartib-qoidalari to’liq tanishtirilib umumiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Majlisdan so’ng talabalarga namunadagi testlar tarqatildi va olingan natijalar tahlil qilindi hamda zarur topshiriqlar berildi.

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi