Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018-yilning 24-noyabr kuni Andijon mashinasozlik institutiga Xitoyning Huavia texnologiyalar o’quv markazining rahbari o’rinbosari Zhang zongyi tashrif buyurdi. Tahrif davomida mehmonlar Institutning Xalqaro aloqalar bo’limi rahbari Z.Jo’rayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonovlar, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektor S.A’zamov hamda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor v.v.b M.Xaliqovalar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv avvalida mehmonlarga Andijon mashinasozlik institutidagi ta’lim tizimi va bosqichlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shundan so’ng mehmonlar institutga tashrif buyurishdan ko’zlangan maqsadlari Andijon mashinasozlik instituti qoshida Huaviya texnologiyalar o’quv markazining kichik filialini ochish taklifi bilan kelganlarini aytib o’tdilar va o’quv markazi haqida atroflicha ma’lumot berib o’tdi. Zhang zongyi markazning tashkil etilgan sanadan to shu kungacha bo’lgan davr oralig’ida amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berish bilan birgalikda  o’quv markazining asosiy maqsadi arxitektura hamda qurilish sohasi bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlash, o’quv jarayoni davomida talabalarning nazariy olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etgan holda ularning tajribalarini oshirib borish va yakunda ham nazariy ham amaliy ko’nikmaga ega bo’lgan malakali kadr muhandislarni yetishtirib chiqarish ekanligini ayniqsa Andijon mashinasozlik institutidagi ta’lim yo’nalishlariga biriktirgan holda markaz faoliyatini yo’lga qo’yish har ikki taraf uchun manfaat keltirishini aytib o’tdi. Uchrashuv davomida ikki taraf o’rtasida sohaga oid savollar almashildi va atroflicha javob olindi. Shundan so’ng mehmonlarga institutning laborotoriya jihozlari bilan jihozlangan auditoriyalar va moddiy texnik bazasi bilan tanishtirildi. Uchrashuv yakunida  yuqoridagi barcha taklif va maqsadli ishlar yuzasidan yana muzokara olib borishga kelishib olindi.

 

 

Odilov Otabek 

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi