Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Vazirlikning 23.11.2018 yildagi 87-02-3477-soli xatidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 oktyabr kuni ta’lim sohasini yanada rivojlantirish masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan  majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut faoliyatini takomillashtirishga  oid “Yo’l xaritasi”ni tasdiqlash yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish uchun  yig’ilish o’tkazildi. 

O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov yig’ilishda institut qaror loyihasi va yo’l xaritasining dastlabki varianti ishlab chiqilganligini,  Vazirlik tomonidan tasdiqlangan institut strukturasi bilan yana bir marotaba tanishib chiqib, TTESI, TKTI, TDTU va boshqa OTMlarining yo’l xaritalaridan kelib chiqib har bir kafedra va fakultetlar o’z yo’l xaritalarini ishlab chiqishi zarurligini bildirdi.

  “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi dotsenti A.Ermatov yig’ilish qatnashchilariga Vazirlikda 25 noyabr kuni soat 11-30da bo’lgan yig’ilishda berilgan topshiriqlar mazmuni bilan tanishtirib, ertaga  fakultet va kafedrlar taqdimotlari TDTUga topshirilishi lozimligini bildirdi.

Berilgan topshiriqdan kelib chiqib, O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov ertaga soat 15-00dan fakultet va kafedralar katta anjumanlar zalida o’z yo’l xaritalarining taqdimotlarini o’tkazishini bildirdi.

SHundan so’ng,  2018-2019 o’quv yilida Bakalavriat va magistratura bitiruvchilarining Bitiruv malakaviy ishi hamda Magistrlik dissertatsiya mavzularini tasdiqlash, institutning 2018 yil 16 noyabrda  “Xodimlarni egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini o’rganishni tashkil etish yuzasidan”  qabul qilingan 533-K sonli ichki buyrug’i yuzasidan kafedralar va bo’limlar kesimida alohida xulosalar olish bo’yicha konkret topshiriqlar berildi.   

Yig’ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor B.Mamajonov, Moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor S.A’zamov, Ta’lim sifatini nazorat qilishi bo’limi boshlig’i M.YUsupova, O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov, Axborot resurs markazi direktori R.Mamatov, Axborot texnologiyalar markazi direktori G’.Parpiyev, Xodimlar bo’limi boshlig’i Q.Mirzaev, Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i U.Sobirov, hamda kafedra mudirlari va Fakultet dekanlari ishtirok etdilar.