Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorini ijrosini ta’minlash hamda Andijon mashinasozlik institutining Yevropa Ittifoqining Erasmus plyus dasturi doirasida Polshaning Jeshuv Texnologiyalar Universiteti bilan tuzilgan 2017-1-’L01-KA107-036858 loyihaning o’qitish uchun almashinuv qismini bajarish maqsadida institutga joriy yilning 19 – 22 noyabr kunlari Jeshuv Texnologiyalar Universiteti, Muxandislik va Arxitektura kafedrasi professori Agata Lilya Skvarszinska tashrif buyurdi. Tashrifning ilk kunidanoq asosiy maqsadni amalga oshirish kirishgan professor Agata Lilya Skvarszinska institut talaba-yoshlariga mutaxassisliklari bo’yicha o’quv seminarlar o’tkazdi, shu bilan birgalikda Polsha davlatidagi nufuzli turdosh oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishni maqsad qilgan yoshlarga, horijiy talabalar uchun oliygohlarda yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning bilim olishlari bilan birgalikda ilmiy ish bilan shug’ullanishlari uchun barcha zarur imkoniyatlar, oliygohlardagi ta’lim tizimi bilan tanishtirdi. 4 kun davom etgan tashrif davomida mutaxassislar talabalar bilan erkin muloqotda bo’ldilar va yoshlarni ta’limga bo’lgan qiziqishlari, intilishlari yuqori darajada  ekanliginiga guvoh bo’lganliklarini aytib o’tdilar. O’quv-seminarlari davomida talabalar  ta’lim sohasi bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan  atroflicha javob oldilar. Chet davlatlaridagi turdosh oliy o’quv yurtlari bilan o’zaro tajriba almashish jarayonlari davom etmoqda. 

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xodimi