Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yil 22-noyabr kuni Andijon mashinasozlik institutining anjumanlar zalida Andijon viloyat hokimligining 2018-yil 20-noyabrdagi 11/05-103-sonli jadvaliga asosan O’zbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasining 2018-yil 29-oktyabrdagi 04-983-sonli xatidagi topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbir o’tkazildi.

 

     Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi eksperti X.G’.Jalolov, Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi Q.G.Abdurahimov va Andijon viloyat narkodispanseri narkolog vrachi M.Ibragimjonovlar ishtirok etdilar.

     Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori v.v.b. M.Xaliqova kirish so’zi bilan ochib, so’z navbatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi eksperti X.G’.Jalolovga berdi.

 

     X.G’.Jalilov o’z so’zida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqida ta’kidlaganidek – O’zbekiston bugungi kunda o’zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratayotganligi va bu har tomonlama chuqur o’ylab tanlangan yo’l ekanligi, Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O’zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo’shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdor ekanligi xususida so’z yuritib, tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifa ekanligini ta’kidlab, O’zbekiston hukumati tomonidan o’zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo’shnichilikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan oqilona siyosatiga zid ravishda o’z manfaati yo’lida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka, giyohvand moddalarini olib kirishga intilayotgan kimsalarni chegara zonalarida qo’lga olinayotganligi va eng achinarlisi ushbu jinoyatlarga yoshlarni aralashib qolishi achinarli hol ekanligini ta’kidlab o’tdi.

     Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O’zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Intiho yohud yo’qlikka qarab” nomli videorolik namoyish etildi.

     Tadbir davomida X.G’.Jalilov tomonidan respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan talaba-o’quvchilar tomonidan giyohvandlik moddalari bilan bog’liq sodir etilayotgan jinoyatlar xususida ham to’xtalib, misollar keltirib o’tdi.

     Tadbirda Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi Q.G.Abdurahimov so’z olib, viloyatda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar xususida to’xtalib, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini hamda ta’sirchanligini yanada oshirish va yoshlarni turli zararli odatlardan, giyohvandlik, ichkilikbozlik illatlaridan saqlash maqsadida ularni bo’sh vaqtini mazmunli hamda samarali tashkil etishga doir taklif va tavsiyalar berish bilan birgalikda shaxsiy gigiena, tan jarohati yetkazish jinoyatlari, odam savdosi, firibgarlik, diniy ekstremizmning yoshlar ongiga salbiy ta’siri xususida yig’iliganlarga atroflicha tushunchalar berib, viloyat yoshlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ko’ngilsiz hodisalar holatlari bo’yicha to’xtalib o’tdi.

     Yig’ilish davomida talabalar mavzu yuzasidan o’z fikrlarini bildirdilar. O’tkazilgan tadbirda jami 204 nafar talabalar hamda 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

                       

 

  Odilov Otabek

  Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi