Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-yilning 16-noyabr kuni Andijon mashnasozlik institutida institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan institutning 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun bayram dasturi tashkil etildi. Bayram dasturi davomida  talabalar bayram munosabati bilan tengdosh do’stlari tomon  tabriklar yo’lladilar, iliq tilaklar izhor etdilar. Bu esa talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlarning birdamligi va ahilligiga yana bir isbot bo’ldi. Shu kuni talabalar bayramni tashkil etishda faollik ko’rsatdilar bayramona dasturxon bezatib, milliy taomlarimizdan biri bo’lgan “Andijoncha” palov tayyorladilar. O’tkazilgan bayram har yilgidanda talabalarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi va barchada birdek iliq taassurot uyg’otdi.

                                   

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi