Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018-yilning 15-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamda  O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich  tashkiloti tashabbusi bilan institutning anjumanlar zalida 17-noyabr xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Yoshlar haftaligi” tadbirlari doirasida “Rektor kubogi” uchun fakultetlararo “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Ulfatlar” jamoasi, Mashinasozlik fakultetining “O’zbegim” jamoasi hamda Avtomatika va elektrotexnika fakultetining “A’lo” jamoalari o’zaro bellashdilar.

 

Ko’rik tanlovda so’z ustasi G’ayrat Axmedov, Qvz faxriysi Umidjon Jo’raev, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kenggashi xodimi Abdullo No’monov va “Andijonnoma” va “Андижанская правда” gazetalari maxsus muxbiri Umida Abdullaevnalar hakamlik vazifasini o’tab berdilar.

Ko’rik tanlovda 250 dan ziyod talabalar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Shu kuni tomoshabinlar  fakultet jamoalarining chiqishlari bilan birgalikda Andijondagi boshqa ta’lim muassasasi qvz jamoalari tayyorlab kelgan hazil dasturlaridan ham bahramand bo’ldilar. Ko’rik tanlovda Andijon Davlat tibbiyot instituti “Ulfatlar” jamoasi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Asaka tuman kenggashi yoshlaridan tashkil topgan “Ideal” jamoalari mehmon jamoa sifatida ishtirok etdilar.

3 ta shart davomida o’tkazilgan bellashuv yakunida Mashinasozlik fakultetining “O’zbegim” jamoasi faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritib mavsum chempionligi hamda Rektor kubogiga sazovor bo’lgan bo’lsalar, 2-o’rin Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Ulfatlar” jamoasiga nasib etdi. Avtomatika va elektrotexnika fakultetining “A’lo” jamoasi 3-o’ringa loyiq deb topildi.

Tanlov yakunida tashkilotchilar tomonidan o’rinlar va nominatsiyalar bo’yicha taqdirlash marosimi o’tkazildi va tanlov qatnashchilariga diplom hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Otabek Odilov

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati