Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018-yilning 17-noyabr kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi tomonidan mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan tanishtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga xurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati va ularning o’z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Andijondagi Oliy ta’lim muassasalaari o’rtasida Xokim kubogi uchun “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi tashkil etildi. Ko’rik-tanlovda viloyatimizdagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari 3 ta shart bo’yicha bellashdilar. Ko’rik-tanlov juda yuqori saviyada bo’lib o’tdi va yakunda Andijon mashinasozlik instituti “Yosh Beklar” jamoasi faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdilar. Ko’rik-tanlov so’ngida jamoalar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi