Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Inson har qanday yuksak natijaga faqatgina o’zining bilimi va aql-zakovati bilan erishadi. Yillar davomida to’plangan tajribani amalda qo’llash, jamiyat rivoji va yuksalishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Ammo biror bir yutuqqa erishish uchun bilim bilan birgalikda mantiqiy fikr yuritish o’z vaqtida kerakli qarorlarni qabul qila olish ham, zarur omillardan biridir. Buning uchun esa har bir inson o’zida  intelektual salohiyatni rivojlantirib bormog’i zarur. Zero hayotimizda turli fanlarni chuqur bila turib ham bizni o’ylanishga majbur qiladigan,  javob berishimiz zarur bo’lgan murakkab  savollar bisyor. O’sib kelayotgan kelajak avlod kadrlarini har tomonlama salohiyatli qilib tarbiyalash bugungi kunda eng ustivor maqsadlardan biri bo’lib turibdi.

2018-yilning 14-noyabr kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kenggashi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon mashinasozlik instituti boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yoshlar haftaligi doirasida institutning “Mashinasozlik” fakultetida Andijon viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yini o’tkazildi.

Bellashuvni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kenggashi xodimlaridan tuzilgan hakamlar hay’ati jamoasi odilona kuzatib bordilar. Jamoalarga o’yin davomida kenggash tomonidan tuzilgan savollar o’qib eshittirildi. Bellashuv yashirin javob berish usulida o’tkazildi.

Yakunda Andijon mashinasozlik instituti jamoasi 1-o’rinni qo’lga kiritdi. 2 va 3-o’rinlar Andijon Davlat tibbiyot instituti va Andijon Davlat universiteti jamoalariga nasib etgan bo’lsa, Toshkent Davlat agrar universiteti Andijon filiali jamoasi 4-o’rin bilan kifoyalandi.

Bellashuv so’ngida g’olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari va diplomlar topshirildi.

 

Otabek Odilov

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi