Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

                                                                 

Andijon mashinasozlik instituti Italiyaning Turin Politexnika Universitetida 2018-2019 o’quv yilida bahorgi semestr davomida o’qish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun bakalavr va magistr talabalari o’rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan talabalar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

  1. Ingliz tilida erkin muloqot qila olishlari va tushunishlari (IELTS sertifikatiga ega bo’lganlar qo’llab-quvvatlanadi) talab etiladi.
  2. Nomzodlar o’z yo’nalishi bo’yicha yaxshi va a’lo baholarga o’qiyotgan bo’lishlari shart.
  3. “Student Mobility for Study” dasturi uchun aniq Strategik reja ishlab chiqilgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzodning aniq maqsad va vazifalarga egaligi, loyihalarga ishtirok etishda faolligi hisobga olinadi.
  5. Nomzod ishchi komissiya uchun o’z taqdimotini o’tkazadi (ingliz tilida).

Tanlovda g’olib bo’lgan 2 nafar talabalar Italiyaning Turin Politexnika Universiteti bilan tuzilgan “Student Mobility for Study” dasturi doirasida 2018-2019 o’quv yilida bahorgi semestrni Turin Politexnika Universitetda to’liq grant asosida o’qib qaytadilar.

Nomzodlar ishchi komissiya tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.

         Nomzodlarni tanlab olish jarayoni ishchi komissiya tomonidan joriy yilning 15 noyabr kuni amalga oshiriladi.

         Nomzodlarning resume (CV) lari ingliz tilida joriy yilning 14 Noyabr kuniga qadar akbarov0011@mail.ru elektron pochtasiga yuborilishi shart.