Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

                                                  

Andijon mashinasozlik instituti Shimoliy Xitoy Texnologiyalari Universitetida 2018-2019 o’quv yilida bahorgi semestr davomida “Electronic Information Engineering” yo’nalishi bo’yicha o’qish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun bakalavr 2-bosqich talabalari o’rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan talabalar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

  1. Ingliz tilida erkin muloqot qila olishlari va tushunishlari (IELTS sertifikatiga ega bo’lganlar qo’llab-quvvatlanadi) talab etiladi.
  2. Nomzodlar o’z yo’nalishi bo’yicha yaxshi va a’lo baholarga o’qiyotgan bo’lishlari shart.
  3. “Electronic Information Engineering” yo’nalishi uchun aniq Strategik reja ishlab chiqilgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzodning aniq maqsad va vazifalarga egaligi, loyihalarga ishtirok etishda faolligi hisobga olinadi.
  5. Nomzod ishchi komissiya uchun o’z taqdimotini o’tkazadi (ingliz tilida).

Tanlovda g’olib bo’lgan 5 nafar talabalar Shimoliy Xitoy Texnologiyalari Universiteti bilan tuzilgan o’zaro kelishuv asosida 2018-2019 o’quv yilida bahorgi semestrni Shimoliy Xitoy Texnologiyalari Universitetida to’liq grant asosida o’qib qaytadilar.

Nomzodlar ishchi komissiya tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.

         Nomzodlarni tanlab olish jarayoni ishchi komissiya tomonidan joriy yilning 15 Noyabr kuni amalga oshiriladi.

         Nomzodlarning resume (CV) lari ingliz tilida joriy yilning 14 Noyabr kuniga qadar akbarov0011@mail.ru elektron pochtasiga yuborilishi shart.