Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Hammamizga ma’lumki, xar yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi yurtimizda shifokorlar bayrami sifatida nishonlanadi.

Shu munosabat bilan Andijon mashinasozlik institutida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan Oyazimxon opa Sultonovani tibbiyot xodimlar kuni munosabati bilan institut rektori U.R.Salomov va Xotin-qizlar qo’mitasi qolaversa butun jamoa nomidan bayramingiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz.Oilangiz tinch va hayotingiz osuda bo’lsin. Farzandlaringiz kamolini ko’rib uzoq yillar sog’ va omon bo’lishingizni tilab qolamiz.

Dunyoning beshigi bu sensan AYOL !

Sen mo’’tabar ona, mehri yagona.

Sen opam, singlimsan, go’zal durdona.

Sen gulday noziksan ma’suma hayol,

Dunyoning beshigi bu sensan AYOL !

 

Sensiz tongim otmas, yorishmaydi kun.

Farzanding sensiz gar qoladi dilxun.

Sen bilan yashnaydi bilsang daxri dun,

Asli baxt eshigi bu sensan AYOL !

 

Quvonchdan quvnaysan bag’rimga bossam,

Jimgina yig’laysan diling og’ritsam,

Dunyoning tashvishin yelkanga ossam,

Qirq joni ormug’on bu sensan AYOL !

 

Qalbimning chirog’i, yonar nurisan,

YUragim malhami, o’chmas qo’risan,

Sen jannatdan kelgan malak, parisan,

Ha o’sha farishta bu sensan AYOL !